Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming dollarga sotildi

Yaponiyadagi auksionda dunyoda eng qimmat bo‘lgan uzum sotildi. Sentabr oyi oxiriga kelib bu uzumning 26 ming boshini sotish kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Isikava prefekturasida auksionda Yaponiyaning Ruby Roman navli uzumning bir boshi 1,2 million iyenga (11 ming dollar) sotildi.

Mazali gilos va uzum: O‘zbekiston mevalari dunyo bozorini zabt etmoqda – Bozorov

Sentabr oxiriga kelib ushbu navdagi uzumning 26 ming boshini sotish kutilmoqda.  

Ruby Roman (Rum yoquti) dunyoda eng qimmat uzum hisoblanadi.

Yaponiyalik olimlar 1994-yilda bu navli uzumni yetishtirishdi, biroq ilk bor bu uzum 2008-yilda sotuvga tushdi.

Bu uzum yirik, qizil-yoqut rangli meva, ta’mi juda shirin.