U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

U erkak ham emas, kavkazlik ham emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Gruziya telekanalida sodir bo‘lgan voqeaga izoh berdi. Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniyani – Gruziya va butun Kavkazga isnod keltirganini ta’kidladi.

“U Kavkaz o‘g‘loni ham emas, erkak ham emas, tog‘lik ham emas. Kavkazda erkak kishi bunday so‘zlarni hatto o‘zining ashaddiy dushmaniga ham aytmaydi”, - deb yozgan Qodirov o‘zining telegram kanalida.   

Bo‘lib o‘tgan voqeada Qodirov nafaqat Gabuniyani, balkim uni ishga qabul qilgan telekanalni ham aybladi.

Gruziya telekanali boshlovchisi Putinni haqorat qilganidan so‘ng favqulodda miting boshlandi

“Biz o‘zimizni Gruziya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilayotgan dushmanona harakatlarni ko‘rmaslikka ola olmaymiz. Shuning uchun Gruziyaga nisbatan qattiq sanksiyalar kiritish kerak deb o‘ylaymiz. Faqat ushbu sanksiyalar Rossiya fuqaroligini qabul qilgan gruzinlarga zarar keltirmasligi kerak,” – dedi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyadagi "Rustavi2" telekanali boshlovchisi yakshanba kuni efirda 1 daqiqa davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning marhum ota-onasini haqorat qilgan edi.

Ushbu voqeadan bir necha soat o‘tib telekanal atrofida favqulodda miting to‘plandi. Jurnalist xatti-harakatidan norozi bo‘lgan odamlar uni ishdan haydashni va umuman ushbu telekanalni yopishni talab qila boshlashdi.

Rossiyada Gruziya vino va suvlari importini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi

Ma’lumot uchun, “Rustavi2” telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilik qilgan “Yagona milliy harakat” partiyasiga tegishli bo‘lgan. Ayni damda partiya barcha yo‘nalishlarda inqirozga uchragan bo‘lsada, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini to‘xtatmagan. Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya - Saakashvili davridan qolgan provokator, desak adashmaymiz.  

Ikki hafta oldin Rossiya parlamenti delegatsiyasining Tbilisiga tashrifi vaqtida poytaxt ko‘chalarida Rossiyaga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu mitinglar Gruziya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, ularga barham berish uchun ham jiddiy choralar ko‘rilmagan edi. Shu sabab Rossiya hukumati Gruziyaga sayyohlar yuborishni cheklashni ma’qul ko‘rdi.