Tojikistonlik erkak rafiqasi o‘g‘irlagan pulni qimorda yutqazib qo‘ydi

Boshqirdistonlik g‘aznachi ayol bankdan 20 million rublni olib chiqqan, ularni turmush o‘rtog‘i qimor o‘yinda yutqazib qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Tojikistonlik erkak rafiqasi tomonidan bankdan o‘g‘irlangan 20 million rublni qimor o‘yinda yutqazib qo‘ydi, deb xabar qildi RIA Novosti. 

Qozon shahrida oilasi bilan qochib ketgan g‘aznachi-ayol qo‘lga olindi

“Hozir u Moskvaga teleko‘rsatuvda ishtirok etish uchun borishni istamoqda. U bankga pullarni qaytarish uchun rossiyaliklardan yordam so‘ramoqchi. U rafiqasi qamoqxonaga tushishini xohlamayapti”, - deb ma’lum qildi suhbatdosh.

Boshqirdistonlik ayol 27-may kuni Salavat shahridagi “Rosselxozbank” filiali bankida o‘g‘irlik qilishda gumonlanmoqda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 36 yoshli ayol katta miqdorda pulni, xususan 140 ming dollar, 100 ming yevro va 9 million rublni yashirgan. Keyin u ishdan vahliroq ketish uchun javob so‘ragan. Ruxsat olgach, hamkasblar bilan hayrlashib, ishdan ketgan.

Kechki tekshiruvda pul yetishmasligi aniqlandi. G‘aznachi uyiga politsiya yuborildi, biroq u qochib ketgan ekan.

Ta’kidlanishicha, ayol bilan uning 41 yoshli turmush o‘rtog‘i, Tojikistonda tug‘ilgan, ikki nafar 8 va 11 yoshli qiz farzandi, 40 yoshli singlisi va 63 yoshli otasi qochib ketdi.

Bundan keyin huquq tartibot organ xodimlari oilani qidiruvga berdi.

Bir haftadan so‘ng g‘aznachi Qozon shahridagi ijaradagi uyda qo‘lga olindi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ayol yonida bankdan olingan pullar bo‘lmagan.