Rossiya O‘zbekistonga qanday qurollar yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya O‘zbekistonga 12 ta harbiy vertolet, Su-30SM qiruvchi samolyotlari hamda maxsus jihozlangan BTRlar yetkazib beradi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya orasida harbiy hamkorlik haqida imzolangan shartnomalardan yana 12tasi kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekistonda Rossiya harbiy dronlari uchun servis markaz ochilishi mumkin

Yoz faslining boshida Rossiya hukumati O‘zbekistonga ushbu harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta shartnoma uchun kredit ajratishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi.

Harbiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya federal texnik xizmati xabariga ko‘ra O‘zbekiston 12A6 "Sopka-2" – trassali radiolokatsiya majmuasini sotib olish istagini bildirdi.

Shu bilan birga "Pechora-2M" (S-125) zenit raketa majmuasi uchun texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi sotib olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Rossiyadan BTR-82A – shaxsiy tarkib transporteri sotib olish borasida ham muzokaralar olib bormoqda. Bronetransporterlar O‘zbekiston uchun maxsus komplektatsiyada jihozlanadi. Xuddi shunday mashinalar Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Suriya qurolli kuchlariga yetkazib beriladi.

Sergey Shoygu Dushanbega keldi: Rossiya harbiy bazasi yangi qurollar bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonning eng yirik buyurtmasi esa - Mi-35M jangovar transport vertolotlari bo‘ladi. Shartnomaga muvofiq Rossiya O‘zbekistonga 2019-2020 yillar ichida 12 ta ana shunday vertolot yetkazib beradi.

O‘zbekiston Rossiyadan Su-30SM rusumli harbiy qiruvchi samolyotlar sotib olishni hem rejalashtirmoqda. Ushbu samolyotlar eng zamonaviy samolyotlardan biri bo‘lib, ular o‘ta manyovrli (chaqqon harakat qiluvchi),  boshqaruv vektorli dvigatel, fazali radiolokator bilan jihozlangan. Samolyotlarda eng zamonaviy “havo – havo” hamda “havo – yer” turkumidagi yuqori aniqlik bilan nishonga oluvchi  qurollar o‘rnatish mumkin.

Yuqorida qayd etilgan harbiy texnika xaridining asosiy qismi 2018-yilda imzolangan Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorligi haqidagi shartnomaga muvofiq, Rossiya kreditlari hisobidan xarid qilinadi. 2025-yilga qadar O‘zbekiston o‘z qurolli kuchlarini to‘liq qayta jihozlashga qaror qilgan.