Rossiyada Gruziya vino va suvlari importini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi

Rossiya Davlat dumasida Gruziya mahsulotlarini import qilinishini to‘xtatish haqida masala ko‘rib chiqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Davlat dumasida Rossiyaga vino va suvlarni olib kirishni to‘xtatish masalasi ko‘tariladi. Bu haqda deputat Sergey Neverov ma’lum qildi.

Rossiya Gruziya vino mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

Shuningdek, deputatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan Gruziyaga pul jo‘natmalarini to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bundan avval Rospotrebnadzor Gruziyadan keltiriladigan alkogol mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytirishi haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, bunga mahsulotning sifati yomonlashgani sabab bo‘ldi.

2014-2018 yilda talabga javob bermaydigan alkogolning miqdori 2,9 baravarga ortdi. O‘tgan yili sifatsiz mahsulot 203 ming litrni tashkil qildi.