TOShKENT, 8-iyul – Sputnik.Qozog‘istonlik polvon Sergey Sirulnikov qo‘li bilan mixni taxtaga qoqish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Uning bu yutug‘i Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin.
Ko‘p karra jahon chempioni Sirulnikov bu safar ham hammani lol qoldirdi. U 1 daqiqa 48 soniyada qo‘li bilan 10 dona tovani mix bilan taxtaga qoqib qo‘ydi.
Bundan oldingi rekord rossiyalik sportchiga tegishli bo‘lgan, u bu vazifani ikki daqiqada amalga oshirgandi.
Ilgariroq, Petropavlovsk shahrida poytaxt kuniga bag‘ishlangan tantanada Sirulnikov bir qo‘li bilan odamni ko‘tarish bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. U vazni 105 kilo bo‘lgan odamni yetti marta ko‘tardi.
Sirulnikovning ikkita - mixlarni bog‘lash va 180 tonnalik vagon bilan teplovozni tortish bo‘yicha rekordi Ginnes kitobida yozilgan.