Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayev tergov boshqarmasiga chaqirtirildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasiga so‘roqqa chaqirtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Ichki ishlar vazirligi tergov bosh boshqarmasiga so‘roqqa chaqirtirildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev mitingi yakunlandi: hukumatga qanday talablar ko‘yildi

Atambayev ertaga, 9-iyul kuni soat 10:00ga chaqirtirilgan.

“U hali chaqiruv qog‘ozi bilan tanishmadi. Hujjatni sobiq prezident uyidagi qo‘riqlash postiga olib kelishdi. U guvoh sifatida chaqirtirildi, qaysi ish bo‘yicha noma’lum”, - dedi sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.