Kambodjada "boylar uchun qamoqxona" paydo bo‘ladi

Qamoqxona yangi qismida qurilish mamlakat Ichki ishlar vazirligi belgilagan xususiy kompaniya tomonidan olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Kambodja poytaxtida qulay sharoitli "xususiy" kameralar bilan jihozlangan maxsus qamoqxona yaqin vaqtlarda foydalanishga topshiriladi.

Fransiyada erta tong qichqirib, odamlarni uyg‘otadigan xo‘roz sud qilinmoqda

Bu haqda RIA Novosti Phnom Penh Post asosan xabar qildi.

Qamoqxonaning yangi qismida qurilish ishlarini mamlakat ichki ishlar vazirligi belgilagan xususiy kompaniya olib bormoqda.

Qamoqxonaning bu qismi katta kameralar bilan jihozlanadi. Bular to‘rt toifaga bo‘linadi: bir, ikki, uch va to‘rt kishilik kameralar bo‘ladi.

Bu qulay sharoitli kameralar qamoq yoki dastlabki tergov jarayonidagi puldor kishilarga beriladi. Chunki hozirgi vaqtda mamlakatdagi qamoqxonalarda 30 kvadrat metrli kamerada 30 va undan ko‘p mahbus saqlanishi mumkin.

Shinam kameralarining ijara narxlari 45-yil davomida operator-kompaniya tomonidan belgilanadi. Pullarning bir qismi davlatga o‘tkaziladi, qolgani qurilish harajatlarini bartaraf etish va daromad qilish uchun olinadi.

2016-yilda bu turdagi tijoriy qamoqxonani qurish qarori, yetarli puli bor mahbuslarga nisbatan shinam sharoitda jazoni o‘tash va davlat budjetiga qo‘shimcha daromad manbaini topish maqsadida qabul qilingan.