Toshkentdagi yangi qurilayotgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in sabablari ma’lum qilindi

Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan uy alanga oldi. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Bugun soat 06:33da Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida penoplast bo‘laklari 40 kv.m maydonda yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi

Xabarda yozilishicha, yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 06:37da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44da bartaraf etilgan.

“Yong‘in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan,  deb taxmin qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.