Putin prezidentlik vakolati tugagandan keyin nima bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi

Vladimir Putinning prezidentlik vakolati muddati 2024-yilda tugaydi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaning Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida o‘zining prezidentlik vakolati muddati o‘z nihoyasiga yetgandan so‘ng nimalar bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.

Putin Kiyev bilan muloqot qilish shartlarini ma’lum qildi

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu haqda gapirishga hali erta.

“Bu haqda gapirishga hali erta. Oldinda yana besh yillik qizg‘in ish turibdi. Hozir biz dunyoda kuzatayotgan bunday shiddatli sur’atda taxminlar qilish qiyin. Ishoning, hozir men o‘zim egallab turgan joyda qiladigan ishlarim bor”, - dedi Putin.

Vladimir Putinning prezidentlik vakolati muddati 2024-yilda tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kiyev bilan muloqot qilish shartlarini ma’lum qilgani haqida xabar qilgan edik.