TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Qashqardaroda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi.
IIV xabariga ko‘ra, 25-may kuni noma’lum haydovchi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-km.da 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan.
Natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan edi.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.