Istanbulda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

26 yashar fuqaroning sog‘ligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Istanbulda O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi vafot etdi.

TIV xabariga ko‘ra, 27-iyun kuni Istanbul shahrida (Turkiya) 1993-yil 22-mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan. A.Mamirjanovning sog‘ligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Vladivostokdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Shuningdek, 30-iyun kuni Istanbul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 1967-yil 5-fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.

Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va vatandoshlarning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.