Havo yo‘llari beshinchi "Dreamliner"ga ega bo‘ldi

2020 yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK xuddi shunday turdagi oltita avialaynerga ega bo‘ladi va MDHda xuddi shu turdagi havo kemalarini ekspluatatsiya qilayotgan yetakchi davlatga aylanadi
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Bugun, 2-iyul kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner qo‘ndi, deb xabar berdi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.

Biletlar arzon, yo‘lovchilar soni ko‘p bo‘ladi – O‘zbekiston havo yo‘llari o‘zgarmoqda

Sietldan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz o‘n ikki yarim soat davom etdi.

Yangi layner MAKni zamonaviy aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash va havo kemalari parkini yangilash va kengaytirish bo‘yicha investitsion loyiha doirasida sotib olingan.

U 246 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan: shulardan 24 tasi - biznes-klass va 222tasi - ekonom-klass.

O‘zbekiston Havo yo‘llari Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Boeing 787-8 Dreamlinerga buyurtma bergan davlat bo‘ldi. MAK "Orzu layneri"ni 2016-yil sentabridan ekspluatatsiya qilishni boshlagan.

Ayni vaqtda shu turdagi avialaynerda Yevropa, Osiyo, Amerika, Alyaskadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan davlatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda.

2020 yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK xuddi shunday turdagi oltita avialaynerga ega bo‘ladi va MDHda xuddi shu turdagi havo kemalarini ekspluatatsiya qilayotgan yetakchi davlatga aylanadi.