Nukusda SChR xizmatchilari uchun yangi oshxona ish boshladi

Nukus shahridagi ichimlik suvining ichishga yaroqsizligi sabab, oshxonaga suvni filtrlash agregati ham o‘rnatildi. Harbiy xizmatchilar uchun beriladigan taomnomadan asosan milliy ovqatlar assortimenti joy oldi. Taom tanovul qilinadigan idish-tovoqlar esa eng sifatli xorijiy mamlakatlarining trend korxonalarida tayyorlangan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Nukus garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida yangi ta’mirdan chiqarilgan oshxona majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

Marosimning ochilish tantanasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qo‘mita raisi Sog‘indiq Turmanov hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

DXX xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi?

Mudofaa vazirligining buyurtmasiga asosan “Aydar Chimbay” qurilish firmasi tomonidan rekonstruksiya qilingan keng va shinam zalga ega,  zamonaviy jihoz va uskunalar bilan ta’minlangan 500 dan ziyod o‘ringa mo‘ljallangan oshxonaning ta’miri uchun jami 6 milliard so‘m pul mablag‘lari sarflandi. Shuningdek, oshxonada prezident tashabbusi bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismda ichki ishlar organlari xodimlari uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan o‘quv kursi tinglovchilari uchun 50 kishilik alohida ovqatlanish zali mavjud. Natijada, ilgari batalon xizmatchilari va o‘quv kursi tinglovchilari uchun noqulaylik tug‘dirayotgan oshxonadagi zichlik, ovqat tayyorlash va tarqatishda vujudga kelgan muammolarga barham berildi. 

Oshxonada autsorsing tizimi asosida “Tabassum Nukus” MChJ tomonidan yuqori sifatli xizmat turi yo‘lga qo‘yilgan. Majmuada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ularga ishlov berish, taom tayyorlash, pishiriqlar pishirish uchun sharoitlar muhayyo etilgan. Qolaversa, Nukus shahridagi ichimlik suvining ichishga yaroqsizligi sabab, oshxonaga suvni filtrlash agregati ham o‘rnatildi. Harbiy xizmatchilar uchun beriladigan taomnomadan asosan milliy ovqatlar assortimenti joy oldi. Taom tanovul qilinadigan idish-tovoqlar esa eng sifatli xorijiy mamlakatlarining trend korxonalarida tayyorlangan.