Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlandi

“Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida” qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida” qonun loyihasi tayyorlandi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining vazifalari belgilandi

O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2021-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi berilgan.

Qonun loyihasiga majburiy tibbiy sug‘urtaning huquqiy asoslari, mexanizmlari va tatbiq etish bosqichlari, majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlari, ushbu sohada huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari, majburiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larni shakllashtirish masalalari inobatga olingan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini tayyolash jarayonida 14 ta davlat (Singapur, Koreya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya, Latviya, Isroil, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston) tajribasi o‘rganildi. 

Hujjatni tayyorlashga mahalliy va xorijiy, shu jumladan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari jalb qilindi.