Besh viloyatda sel kelishi xavfi mavjud – FVV

FVV besh viloyatda sel xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh viloyatda sel xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi.

FVV O‘zbekiston ahli sel tufayli qanday zarar ko‘rgani haqida to‘liq axborot berdi

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2019-yilning 3-iyul kuni Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - vazirlik xabarida.

Biroz avval O‘zbekistonda anomal issiqlik sababli yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilangani xabar qilingan edi.