O‘zbekistonda qog‘oz shaklidagi pensiya daftarchalari o‘tmishda qoladi

Endilikda jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi bo‘lmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda pensiya daftarchalari endi elektron ko‘rinishda bo‘ladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar qildi.

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi

Ma’lum qilinishicha, endilikda jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi bo‘lmaydi. Shaxsiy pensiya hisobida to‘plangan mablag‘lar holati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoni mavjud.

Buning uchun quyidagi havola orqali o‘tish lozim:

http://cabinet.xb.uz:82/

Keyin pasport ma’lumotlarini va telefon raqamini kiritish kerak.

Xabarda pensiya jamg‘armasi mablag‘lari holati haqida ma’lumot tayyor ekanligi qo‘shimcha qilingan.

O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi mehnat daftarchalari o‘rniga “elektron mehnat daftarchalar” joriy qilinishi prezidentning 2017-yildagi farmonida ko‘zda tutilgan edi.