O‘zbekistonda Tolimarjon IES xususiylashtiriladi

Ma’lum qilinishicha, 2019-yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish konsepsiyasi muhokama etildi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

30 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Mubadala Utilities kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Qanday qilib elektr ishlab chiqarishni 2 baravar oshirish mumkin

Xabarda kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tolimarjon IESni xususiylashtirish bo‘lgani qayd etilgan.

Uchrashuv davomida elektrostansiyalarni xususiylashtirish va uning quvvatini yanada oshirish konsepsiyasi taqdim etildi, shuningdek, mavjud huquqiy shartnomadagi kelishuv va loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi. Konsepsiya elektrostansiyaning ish faoliyati va texnik parametrlarini batafsil o‘rganish maqsadida delegatsiyaning Talimarjon IYeSga oldingi ishchi tashrifi davomida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan.

Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha yakdil fikrga kelishdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.