TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Irkutskdagi “Kitay-gorod” nomli bozorda ishlayotgan migrantlar suv toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun buyum jamlashga yordam berdi, deb xabar qilmoqda telegram-kanal Mash.
Ushbu videoni suratga olgan kishi aytishiga qaraganda bozorda ishlayotgan xorijiyliklar bir daqiqa ichida avtomobil ichini buyumlar bilan to‘ldirib tashlashgan.
“Kitay-gorod”ga kelib suv toshqinidan zarar ko‘rganlarga yordam berishni so‘radim. Qasam ichmanki, bir daqiqa ichida ular moshinani ichini kiyimlar va poyabzal bilan to‘ldirib tashlashdi. Hamma yordam berayapti. Bizda xorijiyliklar yomon deb ko‘p eshitamiz, lekin mana uarning haqiqiy insoniy yuzi. Sizlarga katta rahmat yigitlar!”, - deydi videoni suratga olgan kishi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlarida Irkutskda kuchli suv toshqini sodir bo‘lib 4200 uyni suv bosgan, yuzlab odamdar boshpanasiz qolgan, besh kishi qurbon bo‘lgan edi. Yakshanba kuni bu yerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham yetib kelgan edi.