Joriy yil VDNXdagi №66 pavilon (sobiq "O‘zbekiston SSR" paviloni) yana O‘zbekistonga qaytadi. Xuddi shunday qaror Urganchda o‘tkazilgan RF va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari uchrashuvi vaqtida qabul qilindi va Moskva meriyasi hamda Toshkent hokimligi o‘rtasida shartnoma bilan mustahkamlab qo‘yildi.
Muddatsiz ijara O‘zbekistonga, VDNXda o‘z vakolatxonasini tiklashga qaror qilgan boshqa sobiq ittifoqi davlatlari singari, yiliga 1 rublga tushadi.
Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Sputnik muxbiri bu ishlar yakuniga yetib qolay dedimi-yo‘qmi, bilish uchun voqea joyiga yo‘l oldi.
Ishlar shipgacha...
"Biz hech narsa o‘ylab topmaganmiz, — deya hikoya qiladi ishlar buyurtmachisi ROSIZO muzey-ko‘rgazma markazi vakili Tatyana Chumakova. – Loyiha tarixiy hujjatlarga muvofiq tuzilgan edi. Restavratsiya ishlari bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Avvaliga – pavilon ichida, so‘ngra fasadda va avariya holatida bo‘lgan yarim doira shakldagi gumbazda".
Endilikda, pavilon O‘zbekiston tomoniga ijaraga berilgach, restavratsiya harajatlarini Markaziy Osiyo respublikasi o‘z zimmasiga oladi. Bu borada pavilon yangi egalarining rejalari qandayligi hozircha - noma’lum.
Moskvadagi "O‘zbekiston" sirlari
Ushbu majmuaning iftixorlaridan biri - tarixiy yog‘och eshiklardir. Unga murakkab o‘ymakor naqsh berilgan. 1950-yillar o‘rtalarida ushbu noyob ornament o‘zbekistonlik ikki usta tomonidan pavilon uchun maxsus yaratilgan. Ta’mirlash ishlari ketayotgan bir vaqtda ular vaqtincha olib qo‘yildi. Ammo ustunlarning aksariyati va ship ganchini yangitdan yaratishga to‘g‘ri keldi. Buning uchun VDNX arxividagi chizma va suratlardan foydalanildi.
G‘oyib bo‘lgan shedevrlar
Joriy yilda VDNX paviloni saksoninchi yubileyini nishonlaydi. Avvaliga u bir yo‘la bir nechta respublikalar uchun bunyod etilgan - O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston uchun. Ammo respublikalar boshqa qurilmalarni o‘z tasarrufiga olishgan va "ayrilganlar".
"O‘zbekiston" paviloni buyuk arxitektor Stefan Polupanov tomonidan yaratilgan, u bu obyektni ikki marta qad rostlashga muvaffaq bo‘lgan.
"Birinchi pavilon yog‘ochdan edi, — deb hikoya qiladi tarixchi Pavel Nefedov. – Urushdan keyin VDNXda barcha qurilmalar obdon inspeksiyadan o‘tkazilgan va yog‘och inshootdan voz kechishga, uning o‘rniga mukammalroq qurilmani bunyod etishga kelishilgan. Xuddi shu Polupanov 1954-yilda yana to bizgacha yetib kelgan pavilon muallifiga aylandi.
Bu yerda paxta terimchilari va energetiklar o‘z yutuqlarini namoyish etganlar. Monumental freskalardan birini rossiyalik buyuk arxitektorlardan biri Konstantin Melnikov yaratgan. U o‘zi uchun eng murakkab bo‘lgan yillarda, 50-yy boshlarida naqqoshlikda o‘zini sinab ko‘rgan. Ulug‘ Vatan urushidagi sovet marshallarining turkum krassik portretlari muallifi - Petr Kotovning freskalari ham pavilon faxri bo‘lgan.
"Ushbu naqshlarning birida Chirchiq GES jilvalangan bo‘lsa, ikkinchisida kanal qurilishi, taxminan Qoraqum kanali qurilishi aks ettirilgan, — deb hikoya qiladi yozuvchi Amiram Grigorov. – Keyinchalik bu naqshlarning ikkisi ham vahshiylarcha ohaklab tashlangan".
Madaniy qayta ixtisoslashtirilish
1960-yillar o‘rtalariga kelib, "O‘zbekiston" paviloni "Sovet madaniyati"ga aylangan. Tarixchi Pavel Nefedov so‘zlariga ko‘ra, VDNXning qayta ixtisoslashtirilishi respublikalar majmualarida ekspozitsiyalar ko‘pincha qayta takrorlanishi bilan bog‘liq edi. Misol uchun, paxta terimi bir yo‘la bir necha milliy pavilonlarda taqdim etilgan edi. Natijada, bu kabi jo‘g‘rofiy tamoyildan sohaviy tamoyil foydasiga tamomila voz kechiladi.
Qator eksponatlarning g‘oyib bo‘lishi aynan shu vaqtga aloqador. Amiram Grigorovning aytishicha, o‘zbek sopol buyumlari, gilamlari kolleksiyasi, shuningdek, mashhur haykaltaroshlar - Anton Lavinskiy va Iosif Chaykov muallifligiga mansub bo‘lgan bir nechta haykallar - paxta ko‘targan pioner qiz, doira chalayotgan musiqachi izsiz g‘oyib bo‘lgan.
Shuningdek, choyxona ham yo‘qotilgan. Stefan Polupanov tomonidan bunyod etilgan choyxona hatto pavilondan ham ko‘rkamroq bo‘lgan, deb aytishadi. VDNX qayta ixtisoslashgach, u bir muncha vaqt ajralib turgan va yangi ansamblga mos kelmagani bois, keyinchalik buzib tashlangan.
Sobiq Ittifoqi barham topgach, savdo-sotiq avjiga chiqishiga qaramay, pavilon o‘z yuzini yo‘qotmaslikka muvaffaq bo‘lgan. Bu yerda, tabiiyki asal emas va hatto mushuk bolalari ham emas, balki qo‘l hunari va rassomlar uchun tovar hisoblangan - zargarlik buyumlari sotilgan.
2014 yilda, ko‘rgazma majmuasiga tarixiy bo‘lgan - VDNX nomi qaytarilgach, sobiq "O‘zbekiston" bir muddatga muzey zaxiralaridagi sovet rassomlari ekspozitsiyalari uchun ko‘rgazma maydoniga aylanadi. Ammo bino rassomchilik asarlarini namoyish etishga ixtisoslashmagani ma’lum bo‘lib qoldi - shiplar juda baland, devorlar kam, serorug‘lik - galereya sifatida umuman to‘g‘ri kelmas edi.
"Respublika pavilonida sanoat yutuqlari va mamlakat san’at namunalari taqdim etilishini xohlar edik, — deydi dizayner va jamoatchi Fatima Arifjanova. – Lekin, fikrimcha, bu yerda boshqa respublikalar pavilonlari singari savdo rastalari qo‘yilsa kerak".
O‘zbekiston Moskvadagi yana qayta ega bo‘lgan qasrda mehmonlarni nimalar bilan hayratga solishini yoz faslining o‘zidayoq - VDNX yubileyi nishonlanlan vaqtda bilib olamiz.