Artikxodjayev Toshkent missiyasi haqida: poytaxt aqllilar shahriga aylanishi kerak

Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston poytaxti aqlli shaharga aylanishi uchun nimalar yetishmayotgani haqida gapirdi
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Toshkent hokimiyati O‘zbekiston poytaxtini aqlli shaharga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Artikxodjayev: o‘zbek tadbirkorlari 700ta investor jazm qilolmagan ishga qo‘l urdi

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev shanba kuni jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Toshkent respublikamiz poytaxti, yuragi. Bu yerda katta-katta ishlab chiqarishlarni tashkil etish muammo. Chunki deylik, tekstil zavodi misolida olib qaraydigan bo‘lsak,unda ishlaydigan oddiy ishchining oyligi hech qachon 800 ming so‘mdan 2 million so‘mga ko‘tarilib qolmaydi. Shunday bo‘lgan taqdirda, zavod o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilolmay qoladi. Yoki e’tibor bering, bir tonna paxtaga shuncha mehnat sarflab, ming dollarga sotamiz, Amerika esa 130 gr iPhoneni shuncha pulga sotapti. Ular aql sotapti, biz mehnat sotapmiz. Shu bois, meni nazarimda, biz bugun Toshkentda bog‘cha, maktab, universitetlarni qurib, yoshlarimizga zamon talabiga mos ta’lim berib, Toshkentni aqlli shaharga aylantirishimiz kerak. Biz o‘n yildan keyin mehnat emas, aql sotishimiz kerak", - deb ta’kidladi hokim.

Sal oldin Toshkent hokimi O‘zbekiston poytaxtining yangi strategiyasi, eski tizim O‘zbekiston xalqiga nega foyda keltirmagani haqida aytgan fikrlari haqida xabar bergan edik.