O‘zbekistonning tashqi qarzi 19,5 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2019-yil boshidan 10,3%ga oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. 2019-yilning birinchi choragiga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori 19,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu raqamlar Markaziy bank hisobotida keltirib o‘tilgan.

Umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz  va foizlarni to‘lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy tashqi qarz tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2013-2016 yillar davomida qarzdorlikning o‘sishi har ikkala sektorda kuzatilgan.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 19,5 mlrd dollardan oshdi

Biroq, 2017-2018 yillarda xususiy sektor tashqi qarzining kamayishi kuzatildi. 2019-yilning I choragida xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko‘payishi hisobiga yana o‘sishni boshladi.

O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

2019 yilning I choragi davomida davlat sektori tashqi qarzi 2018-yilda kuzatilgani kabi o‘sish sur’atini saqlab qoldi hamda ushbu o‘sish sur’atining joriy tendensiyasi yil oxirigacha saqlanib qolishi kutilyapti. Ushbu jarayon hududlar  va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzdorliklarni jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda. Bu yaxshimi yoki yomon? Quyidagi maqoladabu savollarga javob keltirilgan.