YTH: mashinada piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Denov tumanidayuz bergan YTH haqida xabar qildi.

IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 27-iyun kuni soat 22.30larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qiziljar mahallasi hududida haydab ketayotib, piyoda O‘rikzor mahallasida yashagan 41 yoshli Rustam Valiyevni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada piyoda R.Valiyev jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.