Renault O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Fransiyaning mashhur Groupe Renault avtomobilsozlik korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirgan.

Hyundai O‘zbekistonda qachon avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi?

Xususan, Renault mashhur KWID modelini ishlab chiqarishga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga eksport qilishga tayyor.

Avtokonsern rahbariyati birinchi bosqichda “A” sinfiga oid avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni, keyinchalik boshqa segmentlarga o‘tish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich lokalizatsiya qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida fransuz kompaniyasining delegatsiyasi yaqin kunlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.