O‘zbekistonda jazirama: harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, 30-iyun — 2-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.

Insoniyat nimadan nobud bo‘lishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni ma’lum qilishdi

30 iyun - 1-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 1 - 2-iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5 - 7 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo harorati 40 - 43 daraja, janubiy cho‘l hududlarda 44 - 45 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida garmsel ehtimoli mavjud.