IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi

Kecha Qora-Qamish-1 ko‘chasida joylashgan “Shabboda” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi.

Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

IIV xabarida aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahrining Olmazor tumanida 27-iyun kuni soat 20.42da Qora-Qamish-1 ko‘chasida joylashgan “Shabboda” kafesida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 21.18 da o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida kafening tom va ichki qismlari yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida ham yong‘in sodir bo‘lgan edi.