O‘zbekistonliklar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi

Vladimir viloyatida 2017-yil oktabrida YTH oqibatida 17 nafar o‘zbekistonlik o‘limida aybdor deb topilgan avtobus haydovchilari 5,5 yilga qamaldi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. Vladimir viloyatining Petushinsk tumani sudi qozog‘istonlik ikki nafar avtobus haydovchilarini 5,6 yil ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi, deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati. 

“Sud sodir etilgan jinoyat og‘irligini, Sharqiy transport prokuraturasi vakili - davlat ayblovchisining nuqtayi nazarini, sudlanuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ayblanuvchilarning har birini 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi”, - deyilgan xabarda.  

Xabarda, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolari Rossiya hududida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtobuslarda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangani va ular o‘z aybini tan olib, qilgan ishlaridan pushaymon ekanliklari aytib o‘tilgan.

Vladimirdagi avariya: so‘nggi qurbon tanasi O‘zbekistonga olib kelindi

Eslatib o‘tamiz, ushbu mudhish voqea 2017-yilning oktabr oyida Rossiyaning Vladimir viloyati Petushin tumanida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda 2 nafar Qozog‘iston fuqarolari boshqaruvida bo‘lgan avtobus temiryo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida dvigateli o‘chib qoladi.

Aynan shu vaqtda "Sankt-Peterburg - Nijniy Novgorod" yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd avtobusga katta tezlikda urilib, uni bir necha metrga sudrab ketadi. Avtobus ichida 56 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bor edi. Ulardan 17 nafari voqea joyida vafot etgan, jumladan, 2 nafar bola ham.

O‘zbekistonliklar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi