Toshkentda Gamma pichoq radiojarrohlik markazi tashkil etiladi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidagi bo‘sh turgan yer maydoni Gamma pichoq radiojarrohlik markazini tashkil etish ajratiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Toshkent shahrida Gamma pichoq radiojarrohlik markazini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida hukumat farmoyish loyihasi tayyorlandi.

"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sog‘liqni saqlash vazirligi

Hujjat muallifi - Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Farmoyish loyihasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Toyo Santé Medicare Private Limited” kompaniyalarining “Toyo Santé Medicare Private Limited” kompaniyasi tomonidan 8,5 million dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga Gamma pichoq radiojarrohlik markazini tashkil etish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidagi 1,4 gektar bo‘sh turgan yer maydonini 30-yil muddatga ijaraga berish taklifiga rozilik berish haqida topshiriq yozilgan.

Loyihada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidagi bo‘sh turgan yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma imzolanishi qayd etilgan.

“Kompaniya tomonidan:

8,5 mln AQSh dollariga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinishi;

loyiha-smeta hujjatlari asosida 2019-2020 yillarda investitsiya mablag‘lari to‘liq o‘zlashtiriladi va obyektlar foydalanishga topshirilishi;

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonga keladi

investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan va obyektlar foydalanishga topshirilmagan taqdirda ajratilgan yer maydoni belgilangan tartibda muddatidan avval qaytarilishi;

2021 yil davomida 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlarini neyroxirurgiya, onkologiya, anestiziologiya, tibbiy radiologiya, tibbiy-fizika mutaxassisligi bo‘yicha o‘z hisobidan chet davlatlarga malaka oshirishga yuborilishi;

har oyda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 3 nafar bemorni gamma pichoq uslubida bepul davolash, shuningdek 5 nafar bemorni magnit rezonans tomografiya tekshiruvi, 5 nafar bemorni kompyuter tomografiya tekshiruvi, 10 nafar bemorni rentgen tekshiruvidan bepul o‘tkazib berish bo‘yicha 10-yil muddatga shartnoma imzolash majburiyatlarini olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.