Qotillik va bosqinchilik jinoyatlari “issiq izlar” bo‘yicha fosh etildi - Bosh prokuratura

O‘zbekistonda joriy yil 5 oyida o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 30,4 foizga kamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokuraturasi fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini tashkil etish yuzasidan ma’lumotni e’lon qildi.

Og‘ir jinoyat: Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida joriy yilning 5 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 12 171 taga yoki 30,4% (17 484) ga kamaydi.

O‘tgan yillardagi jinoyatlarni hisobga olgan holda, joriy yilning 5 oyida 12 179 ta fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilindi.

Joriy yilda sodir etilgan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish jinoyatlarini “issiq izlar” bo‘yicha o‘z vaqtida fosh etilishi ta’minlanmoqda:

"Jumladan, Qamashi va Chiroqchi tumanlarida xususiy uylarga niqoblarda kirib, bosqinchilikni amalga oshirishga daxldor bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Yoki, Bekobod shahrida axlat yig‘ish punkti hududida shu yil 22-mayda o‘ldirilgan fuqaro R.M.ning shaxsi o‘rnatilib, qotillik fosh etildi", - deyilgan xabarda. 

Ma’lumotda aytilishicha, prokuror va IIB boshlig‘ining har bir fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha hodisa joyiga chiqish tartibi joriy etildi.