Qozog‘istonning Aris shahri oxirgi zamon haqidagi filmlarida ko‘rsatiladigan huvillab qolgan maskanni eslatadi. Ko‘chalarda biror jonzot yo‘q, tashlandiq uylar va do‘konlar insonni vahimaga soladi.
Kuni kecha ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida 71 kishi jabrlagan, ulardan 15 nafari, shu jumladan, ikki bolakay kasalxonalarga yotqizilgan.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin fojiada ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.