Ertaga ba’zi hududlarda 42 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin

Gorojane spasayutsya ot jari v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda ertaga havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Ertaga 26-iyun chorshanba kuni ba’zi hududlarda havo harorati 42 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya markazi.

Quyundan qanday saqlanish kerak
Chang to‘fonida qanday jon saqlash mumkin

Xususan, ana shunday ob-havo  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro va Navoiy viloyatlarid viloyatida kuzatilishi mumkin. Ushbu viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +37... + 42 darja issiq, tunda +20 ... +25 daraja bo‘lishi mumkin.

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +35 ... +40 darjagacha ko‘tarilishi, tunda +19 ... +24 daraja bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkentda havo harorati +37 ... +39 daraja, tunda +20...+22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol tezligi o‘rtacha 3-8 metrni tashkil qiladi.