O‘zbekistonda qaysi xizmatlar sohasi eng tez o‘sib bormoqda?

O‘zbekistonda moliya, savdo va ta’lim sohasidagi xizmatlar ulushi ilg‘or o‘sib bormoqda va rivojlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Ushbu yilning  yanvar – may oylari davomida O‘zbekistonda xizmatlar sohasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13%ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Temir yo‘l vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, aholi iste’mol qilgan xizmatlar orasida eng katta ulush – transport xizmatlariga tegishli bo‘lib, u jami xizmatlarning 29,5 %ini tashkil qilgan. Undan so‘ng savdo xizmatlari – 25,3%, moliyaviy xizmatlar – 17,9 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,6 % va boshqalar.

Shu o‘rinda ulushi eng kichik bo‘lgan xizmat turlarini ham sanab o‘tamiz: ular sog‘liqni saqlash sohasida – 1,4 %, Kompyuterlarni ta’mirlash – 1,6 %, me’morchilik – 1,7 %, ijara xizmati – 2 %.  

Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda ayrim xizmatlar vaqtincha to‘xtatildi

O‘tgan davr mobaynida hajimining o‘sish surati bo‘yicha moliya xizmatlar yetakchilik qilmoqda. 2019-yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar salkam 60%ga oshgan. Undan so‘ng me’morchilik va muhandislik sohalaridagi xizmatlar – 30 %, ta’lim sohasidagi xizmatlar – 21%, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 18 %ga oshgan.

Foydalanilgan xizmatlar hajmiga hududlar kesimida nazar solganda, Toshkent shahri yaqqol ajralib turmoqda. O‘zbekistonda ko‘rsatilgan jami xizmatlarning uchdan biri Toshkent shahrida ko‘rsatilgan – 33,1 %. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati – 7,2 %, keyin Samarqand – 6,5 %,  Farg‘ona -  6%, Andijon – 5,2 % va boshqalar.

Xizmatlar sohasining rivojlanishi bo‘yicha Res. chempioni – Jizzax viloyati bo‘ldi. Bu yerda xizmatlar sohasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 21 %ga o‘sgan. Sirdaryo – 20%ga, Xorazmda – 15%, Buxoro va Namangan viloyatlarida – 13%dan, qolgan viloyatlarda o‘rtacha 9-12%ga o‘sgan.