O‘zbekiston va Rossiyani beshta yangi avtobus yo‘nalishlari bog‘laydi

Joriy yilda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Uzautotrans Service kompaniyasi 2019-yilda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus yo‘l haqini arzon qilishni buyurdi

“Yaqin kunlarda Uzautotrans Service  qo‘shni davlatlar hamda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda”,  - deyiladi Davlat turizm qo‘mitasi xabarida.

Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus Co kompaniyasi 68 ta Yutong avtobusini yetkazib bergan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-martdagi 3584- sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Uzautotrans Service

Rossiyaga qatnash uchun Xitoydan 100ta avtobus sotib olindi

MChJ korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, korxona avtoparkini zamonaviy avtobuslar bilan ta’minlash maqsadida Xitoyning Yutong kompaniyasidan 168 ta avtobus sotib olishga doir kelishuv imzolangan.

Bugunga kelib ushbu avtobuslarning barchasi O‘zbekistonga olib kelingan.

Ushbu avtobuslar 53 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ular uchun maksimal darajada qulaylik yaratilgan. O‘rindiqlar yumshoq, har bir o‘rindiq tepasida havo deflektori va individual yoritish chiroqlari mavjud. Konditsioner va monitorlar safarlar chog‘ida juda qo‘l keladi.