Yunusoboddagi ko‘cha nomi o‘zgartirildi

Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi o‘zgartirildi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Olma-otadagi ko‘chalarning biriga Islom Karimov nomi berildi

Ko‘cha nomi “Mahalla” xayriya jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limining taklifi hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining o‘rganishlari va xulosasiga ko‘ra o‘zgartirilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida  Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirilishi ma’qullangan.