Putin oziq-ovqat embargosini uzaytirdi

Oziq-ovqat embargosi 2020-yil yakunga qadar amal qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Vladimir Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar qabul qilgan davlatlarga nisbatan oziq-ovqat embargosi muddatini uzaytirdi. Rossiya prezidentining tegishli qarori e’lon qilindi.

Rossiya Gruziya vino mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

Cheklovlar 2020-yil yakuniga qadar amal qiladi.

2014 yil avgustda Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakatlar: AQSh, YeI mamlakatlari, Kanada, Avstriya va Norvegiyadan ayrim qishloq mahsulotlar, hom-ashyo va mahsulotlarni olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qarorni imzoladi.

Embargo ro‘yxatiga choralarga go‘sht, kolbasa, baliq va dengiz mahsulotlari, meva-sabzavotlar, sut mahsulotlar kirdi.