TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Bishkek markaziy ko‘chalardan birida AQSh elchixonasi xodimasi mashinada 4-chi kurs talabasini urib yubordi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bu hodisa 18-iyun kuni sodir bo‘ldi. Mashina AQSh fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan. Bu voqeaga guvoh bo‘lgan qizning so‘zlariga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgandan keyin voqea joyidan ketib qolgan. Guvohlardan bir esa uning ortidan quvib yetib borgan.
“Bu ayol tranzit mashinada bo‘lgani va unda daxlsizligi borligini iddao qilib, mashinadan chiqishga bosh tortadi. Olti-yetti daqiqadan so‘ng AQSh harbiy formasida odamlar paydo bo‘ldi”, - deydi guvoh.
Bishkek yo‘l harakatini xavfsizligini ta’minlash boshqarmasida bu hodisani tasdiqlashdi. Ta’kidlanishicha, YTH 18-iyun taxminan soat 17:30 da Chingiz Aytmatov shoh ko‘chasida sodir bo‘ldi. Lexus RX350 avtomobili boshqaruvida 51 yoshli M.K. bo‘lgan. “Manas” kinoteatr qarshisida o‘tgan piyodalar yo‘lagida 22 yoshli M.B.ni urib yubordi. Jabrlangan shifoxonaga olib kelindi.
Bu hodisa ro‘yxatga olinib, barcha hujjatlar poytaxt IIBB yuborilgan.
AQSh elchixonasida bu hodisada haqiqatda elchixona xodimasi ishtirok etgani Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga tasdiqlashdi.
Ta’kidlanishicha, YTHdan so‘ng diplomat mashinani yo‘l chetida to‘xtatgani va voqea joyida hukumat vakillariga hamkorlik ko‘rsatgan.
Hozirgi vaqtda elchixona vakillari jabrgan yigitga har tomonlama yordam berishga harakat qilmoqda.