Imon Karimova onasi nomidan murojaat e’lon qildi

Imon Karimova onasi nomidan qoldirgan xabarga ko‘ra, u O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘ragan va 1,2 milliard dollar davlatga qaytargan.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘z instagramida onasi nomidan xabar qoldirdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, onasi Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘ragan va o‘ziga tegishli bo‘lgan 1,2 milliard mablag‘ni davlatga qaytarib bergan.

“Bu so‘nggi 6-yil davomida mening birnchi murojaatim. Mening bugungi holatim uchun qayg‘urgan va duo qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman <...> Ayni damda,O‘zbekiston hududida menga tegishli umumiy qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lgan  aktivlar mening tasarrufimdan chiqarilgan va respublika budjeti foydasiga ishlamoqda <...>”, - deyilgan murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining 2017-yil 28-iyul kuni e’lon qilingan xabarida Gulnora Karimovaning O‘zbekiston ichidagi emas, xorijiy davlatlardagi boyliklari haqida so‘z yuritilgan edi.

Prokuratura Gulnora Karimova aktivlarini O‘zbekistonga qaytarmoqda

Unda aytilishiga ko‘ra, G. Karimova 2001 – 2013-yillarda O‘zbekistondan 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ o‘g‘irlagani va hozir ushbu boyliklar 13ta xorijiy mamlakatlarda turli ko‘rinishlarda, asosan ko‘chmas mulk shaklida saqlanayotgani aytib o‘tilgan edi. Xususan, Shveysariyada 800 mln, Irlandiyada – 300 mln, BAAda 130 mln, Gonkongda 67, Fransiyada – 61, Maltada – 49 mln va ho kazo.

Ushbu va boshqa jinoyatlari Uchun G. Karimovaga 10 ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi. Lekin keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, G. Karimovaga ushbu jazo o‘zi istagan xonadonda ozodlikni cheklash chorasi bilan almashtirilgan. Ammo 2019-yilning 5-mart kuni, kelishilgan tartibni buzgani va majburiyatlarini bajarmagani tufayli G.Karimova yana qamoqxonaga qaytarilgan edi.