“Notinch tun”: Tunda Gruziyada nimalar sodir bo‘ldi?

Tbilisida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish yakunlanganiga qaramasdan muxolifatchilar odamlarni yana namoyishlarga chorlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. 20 iyundan 21-iyungacha o‘tar kechasi Tbilisida Gruziya parlamenti binosi yonida ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Gruziya politsiya xodimlari namoyish ishtirokchilarining deyarli barchasini tarqatib yubordi. Bu haqda Sputnik Gruziya xabar qilmoqda.

Gruziyadagi Rustaveli xiyobonida payshanba kuni minglab kishilar to‘plandi, ularning bir qismi parlament binosiga hujum qilishga urinishgan. Politsiya xodimlari namoyishni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizadigan gaz va rezina o‘qlarni qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Gruziya bosh vaziri maslahatchisi David Sergeyenkoning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, norozilik namoyishida 69 kishi, jumladan, 39 nafar politsiyachi jabrlangan.

OAV xabariga ko‘ra, 100 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Mojaroga kursi sabab bo‘ldi

Namoyishning boshlanishiga Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning Gruziyaga Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi prezidenti sifatida kelgani sabab bo‘lgan.

Muxolifatchilar Gruziya hukumatini o‘z vatanini sotishda ayblagan, chunki ular Abxaziya va Sxinvalis mintaqasi (Janubiy Osetiya) mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan va Abxaziya urushida gurzinlarga qarshi ishtirok etgan kishini mamlakatga kiritib, parlamentdagi sharafli joyga o‘tqazishgan.

“Afsuski, yolg‘on xabarlar tarqatayotgan radikallar guruhining xatti-harakatlari tufayli parlamentdagi tadbir bekor qilindi... Men hech qachon Abxaziyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan”, - dedi Gavrilov Sputnik᾽ka bergan intervyusida.

Gruziyaning hukmron partiyasi “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” yetakchilari, o‘z navbatida, tadbirda 20 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgan tadbirda protokol xizmati tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilishgan.

Namoyishchilar va Parlament

Parlament binosi yonida bir necha ming kishi to‘plandi, ularning aksariyati bir necha yil ilgari Mixaila Saakashvilining sobiq safdoshlari tuzgan “Yagona milliy harakat” va “Yevropacha Gruziya” partiyalari tarafdorlari.

Rossiyaga qarshi va vatanparvarlik shoirlariga parlament raisi, IIV va DXX rahbarlari iste’fosi talablari qo‘shilgan. Shuningdek, parlamentda muddatidan avval saylovlar o‘tkazishni talab qilishgan.

Moskva bu haqda qanday fikrda?

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Grigoriy Karasin Tbilisida Rosssiya delegatlari ishtirok etgan Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishi bu tarzda to‘xtatilganidan g‘azablanganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, diplomat Rossiya ikki mamlakat xalqlarining manfaatlariga xizmat qiluvchi rus-gruzin munosabatlarini normal holga keltirish niyatida ekanligini bildirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Gruziya poytaxtida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari o‘z yakuniga yetgan, biroq muxolifatchilar odamlarni yana namoyishlarga chaqirmoqda.