Gruziya parlamenti raisi iste’foga chiqdi

Gruziya parlamenti spikeri Irakliy Kobaxidze o‘z lavozimini tark etdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze iste’foga chiqdi. Bu haqda “Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya” partiyasi bosh kotibi Kaxa Kaladzening so‘zlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Gruziyalik radikallarning ig‘vosi to‘qnashuvlarga olib keldi - video

“Qabul qilingan qaror xalq oldidagi ma’suliyatdir”, - deya ma’lum qilgan Irakliy Kobaxidze.

Kecha Tbilisida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishlarga Pravoslav parlamentlararo assambleyasi bosh sessiyasining ochilish marosimida tashkilot rahbari, Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning parlament rahbari kursisiga o‘tirgani sabab bo‘lgan.

Uning ma’lum qilishicha, uni spiker o‘rniga Gruziya tomoni “bunday tadbirlar bayonnomasiga muvofiq” o‘tqazgan.

“Notinch tun”: Tunda Gruziyada nimalar sodir bo‘ldi?

Bu “Yagona milliy harakat” va “Yevropacha Gruziya” partiyasi muxolifatchi deputatlarining noroziliklariga sabab bo‘ladi. Shu yo‘sinda ommaviy tartibsizliklar va norozilik aksiyalari boshlanib ketadi. Namoyish ishtirokchilari Rossiya delegatsiyasini zudlik bilan Gruziyani tark etishlarini talab qilishadi. Bundan tashqari, parlament spikeri Irakliy Kobaxidze, shuningdek, IIV Georgiy Gaxariya hamda Milliy xavfsizlik xizmati rahbari iste’foga chiqishini talab qilishadi.

Shuningdek, hukumatga qarshi miting boshlandi. To‘qnashuvlar oqibatida kamida 240 kishi jarohatlangan. Rossiya TIV “Gruziyaning radikal siyosiy kuchlari” harakatlarini qoraladi. Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Grigoriy Karasin Tbilisida Rosssiya delegatlari ishtirok etgan Pravoslav parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishi bu tarzda to‘xtatilganidan g‘azablanganini ma’lum qildi.