Samaradagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi

Barcha jarohatlanganlar 5-son Tolyatti shahar klinik kasalxonasiga olib berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Samara viloyatida (Rossiya) yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi.

TIVning mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 17-iyun kuni Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan.

Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga pasportga oid muhim eslatma bilan murojaat qilindi

“Barcha jarohatlanganlar 5-son Tolyatti shahar klinik kasalxonasiga olib berilgan”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona Samara viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi* hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-967-772-66-00.

*Volgabo‘yi federal okrugiga Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasiga kiradi.