Aeroportlar Milliy aviakompaniya tizimidan noyabrda chiqariladi

Aeroportlar, "O‘zaeroavigatsiya" va "Uzbekistan Airways Technics" - 2019-yil oxiriga qadar O‘zbekiston havo yo‘llari tarkibidan chiqariladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni restrukturizatsiya qilish ushbu yilning noyabr oyida yakunlanadi. Uning tarkibidan barcha aeroportlar chiqariladi va ularni boshqarish uchun alohida kompaniya tayinlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya vakili Umid Husanovga asosan.     

“Biz 2019-yil noyabriga qadar restrukturizatsiyani to‘liq yakunlamoqchimiz. Ushbu jarayonning parvozlar xavfsizligi va aviakompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini oldini olish kerak”, - dedi Husanov.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, qayta tashkillashtirish doirasida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Uzbekistan Airways Technics davlat korxonasi Ma’suliyati cheklangan jamiyatga aylantiriladi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari ikkiga bo‘linadi

Shuningdek, MAKning "O‘zaeronavigatsiya" korxonasi Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tadi, bir martalik parvozlarga ruxsat berish huquqi – ushbu vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning noyabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston havo yo‘llarini qayta tashkil qilish haqida farmon imzolagan edi. Unga ko‘ra aeroportlar milliy aviakompaniya tarkibidan chiqarilib Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinishi kerak.

Prezident qaroridan biroz oldin, 2018-yilning sentabr oyida Jahon banki O‘zbekiston aviatsiya sohasini zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston aeroportlarining infrastrukturasining qimmatlishi va cheklangan o‘tkazish imkoniyatlari – sohada raqobat rivojlanishini cheklab, yo‘lovchilar uchun chiptalar qimmatligiga sabab bo‘layotgani aytib o‘tilgan edi.

Ayni damda O‘zbekiston Havo yo‘llari 30ta xorijiy samolyotlardan foydalanmoqda. Ular yordamida milliy aviakompaniya Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va Osiyoning 20 ta shaharlariga parvozlar amalga oshirmoqda. 2018-yilda O‘zbekiston Havo yo‘llari yo‘lovchilari soni 17 %ga oshib 3,17 million kishini tashkil qildi.