Tojik-qirg‘iz chegarasida yana kelishmovchilik yuz berdi

Kelishmovchilik qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi demarkatsiya qilinmagan uchastkasi Batkent tumanining Tosh-Tushmuk aholi punktida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Qirg‘izistonliklar 45 kilometrli avtoyo‘lni ta’mirlash ishlariga qarshi chiqishdi. Bu yo‘l Isfarani Vorux eksklavi bilan birlashtiradi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Qabriston sababli tojik-qirg‘iz chegarasida nizo chiqdi

Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 18-iyun kuni qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi demarkatsiya qilinmagan uchastkada Batkent tumanining Tosh-Tushmuk aholi punktida sodir bo‘ldi.

Tojikiston tomoni Isfara-Oksoy-Vorux umumiy foydalanishdagi avto yo‘l qismida Qirg‘iziston bilan kelishilmagan holda asfalt qilish ishlarini boshladi.  

Tojikiston fuqarolari soat 20:00da avtoyo‘lni bir yarim soatga to‘sib qo‘yishdi.

Qirg‘iziston chegara xizmati ta’kidlashicha, tojikistonliklar qirg‘iz chegara naradining ta’mirlash ishlarini bajarishni to‘xtatish haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirdi. Buning oqibatida kichik kelishmovchilik yuz berdi.   

Ikki davlat chegara xizmati vakillari uchrashgandan so‘ng ta’mirlash ishlari to‘xtatildi. Tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Batkent tumanida qirg‘iz-tojik davlat chegara uchastkasida vaziyat barqaror.

Bugun chegara vakillari uchrashuvi davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Qirg‘iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog‘idagi Eski Mozor hududida kelishmovchilik yuz bergandi. Qirg‘izistonliklar vafot etgan fuqaroni daft etish uchun ushbu hududda joylashgan qabristonga o‘tishgan.

Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo‘lganda janjal yuz beradi. Qirg‘izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qiladi. Shunda, chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o‘qini uzadi.