O‘zbekiston "Gruz-200" bo‘yicha barcha harajatlarni ko‘taradi

Vazir shuningdek, O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham o‘z fuqarolarini o‘z hisobidan chiqarib ketishga tayyorligini qo‘shimcha qildi
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev "Gruz-200" bo‘yicha barcha harajatlar O‘zbekiston tomonidan to‘lanishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston migratsiya siyosati

Bu haqda Kuddbiyev Toshkentda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"O‘zbekiston fuqarolari uchun "Gruz-200" to‘lov jarayonini ancha yengillashtirish qarorini qabul qildik. Bu borada Rossiya Federatsiyasidagi vakillarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz. Agar avval "Gruz-200" to‘lovini amalga oshirish uchun patent va soliq to‘lovlari kvitansiyalarini talab qilgan bo‘lsak, hozirda bu hujjatlar talab etilmaydi. O‘zbekiston davlati "Gruz-200" bo‘yicha harajatlarni to‘lashni o‘z zimmasigak oladi. Faqat bir jihatni e’tiborga olish muhim bu yerda, Rossiya katta davlat, va agar hodisa mamlakatning olis nuqtasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, u yerga yetib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bir oz vaqt talab etishi mumkin", - dedi Kudbiyev.

Vazir shuningdek, O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham o‘z fuqarolarini o‘z hisobidan chiqarib ketishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.