Tramp: keyingi hafta noqonuniy migrantlar yoppasiga deportatsiya qilinadi

AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi hafta AQShdan millionlab noqonuniy migrantlar chiqarib yuborilishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Keyingi hafta AQShda millionlab noqonuniy migrantlar chiqarib yuborish boshlanadi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma’lum qildi.

“Keyingi hafta AQShning immigratsiya va bojxona politsiyasi mamlakatga noqonuniy kirib kelgan millionlab migrantlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlaydi”, - deya yozgan u Twitter᾽dagi sahifasida.

"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

Trampning ta’kidlashicha , “ular qanday tez kelgan bo‘lsa, shunday tez chiqarib yuboriladi”.

Shuningdek, u raqiblari demokratlarni migratsiyani nazorat qilish masalasida harakatsizlikda ayblash imkonini qo‘ldan boy bermagan.

Tramp Meksika o‘zining qat’iy immigratsiya qonunlari tufayli odamlar Amerikaning janubiy chegaralarigacha yetib borishdan to‘xtatib qolish uchun juda yaxshi olib borayotgani qayd etgan.

“Gvatemala “Uchinchi xavfsiz mamlakat to‘g‘risida” kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Faqat Kongressdagi demokratlargina hech nima qila olmaydi”, - deya qo‘shimcha qilgan AQSh yetakchisi.

Tramp noqonuniy migrantlarni otishga ruxsat berdi - Topornin

AQShda millionlab noqonuniy migrantlar, ayniqsa janubiy shtatlarda jiddiy muammolardan biri sanaladi.