Samarqand shahrida erkak kishining jasadi topildi

Hozirda qotil qo‘lga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Samarqand shahrida erkak kishining jasadi topildi.

Istanbulda jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayolning shaxsi aniqlandi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining xabar qilishicha, 12-iyun kuni  Samarqand shahridagi U.Jo‘raqulov va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan hiyobondagi archalar orasidan osiyo millatiga mansub, 55-60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli Z.N. o‘zaro janjal oqibatida marhum M.N.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda qotil Z.N. qo‘lga olingan

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.