Hindiston aholi soni bo‘yicha yaqinda Xitoyni ortda qoldiradi

Xitoydan aholi bo‘yicha yetakchilik Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh davlatlariga o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Yaqin vaqtlarda Hindiston aholi soni jihatidan Xitoyni ortda qoldiradi. Bu haqda BMTning yangi hisobotida aytilgan.

Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

Hisobotda aytilishicha, 30-yildan keyin 2050-yilga kelib yer umumiy aholisining soni 2 milliardga ko‘payib, rekord ko‘rsatkich 9,7 milliard kishiga yetadi.

Asr oxiriga kelib dunyo aholisi 11 milliardga yetishi mumkin.

Shu bilan biga, o‘sish suratlari sezilarli darajada pasayadi – jahon miqyosida tug‘ilishning pasayishi ko‘p mamlakatlarda kuzatiladi.

Qari kishilarning soni ortadi – 2050-yilga kelib har bir oltinchi odamzod 65 yoshdan katta bo‘ladi.

“Yangi demografik prognozlar 2050-yilgacha jahon aholisi soni o‘sishining teng yarmi 9 mamlakat hisobiga ta’minlanishini ko‘rsatapti, bular: Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh”, - deyilgan hisobotda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 2027-yillarga borib Hindiston aholisi soni ko‘pligi bo‘yicha Xitoyni ortda qoldiradi.