“O‘sha korrupsiya”: UYeFAning sobiq prezidenti qo‘lga olindi

UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiyada hibsga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA)ning sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiyada hisbga olindi. Bu haqda RIA Novosti Mediapart nashriga tayangan holda xabar bermoqda.

FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi

Qayd etilishicha, JCh-2022 mezbonligini aniqlash vaqtida pora olganlikda gumon qilinmoqda. 2022-yilda Futbol bo‘yicha jahon chempionati Qatarda bo‘lib o‘tishi kerak.

Qatarni bir necha marta ovozlarni sotib olganlikda ayblashgan edi, biroq Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) korrupsiya faktini aniqlamagan edi.

Shuningdek, mazkur ish yuzasidan Yelesey saroyining sobiq bosh kotibi Klod Gean “ozod gumon qilinuvchi” sifatida o‘tadi.