Toshkentda o‘g‘rilik qilgan 17 yoshli qiz qo‘lga tushdi

O‘smir qiz 9 200 dollar bo‘lgan 2 turdagi zargarlik buyumlari va “Samsung” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Toshkentda 17 yoshli o‘g‘ri qiz ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qarshida 10 kunlik o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 11-aprel kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 17 yoshli V.F. ismli qiz 13-dahada yashovchi 38 yoshli E.E. ismli ayolga tegishli xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 9 200 AQSh dollari bo‘lgan 2 turdagi zargarlik buyumlari va “Samsung” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida V.F. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.