Tokayev Trampga maslahat berdi

Qozog‘iston prezidenti Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo urushi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev AQSh Xitoy bilan savdo borasidagi urushda o‘zaro murosaga kelish yo‘llarini izlashi lozim deb hisoblaydi.

Tokayev bu haqda Euronews telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo urush haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Huawei smartfonlarida Android o‘rniga Rossiya dasturi o‘rnatiladi

Uning fikriga ko‘ra, AQSh Xitoyni qiyin ahvolga qo‘ymasligi lozim.

“Xatarlar mavjud. Biz AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan tashvishdamiz, chunki Qozog‘iston Xitoyga bir qator tabiiy resurslarni yetkazib beruvchi asosiy eksportchidir. Qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkinligi asosiy xatar sanaladi, shuning uchun biz Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlari ertami-kechmi o‘zaro kelishuvga erishadi deb hisoblaymiz.

Boshlovchining xitoyshunos sifatida AQSh prezidenti Donald Trampga qanday maslahat bergan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi savoliga Tokayev Xitoyni qiyin ahvolga qo‘ymaslikni maslahat berdi.

“Xitoyliklarni burchakka siqib qo‘ymaslik kerak, chunki xitoyliklar uchun obro‘ katta ahamiyatga ega” – dedi Tokayev.

Xitoy xalq banki yuan kursini keskin tushirdi

Eslatib o‘tamiz, AQSh 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovini 10%dan 25%gacha oshirgan edi. AQSh-Xitoy savdo-sotiq muzokaralarining so‘nggi bosqichi may oyining o‘rtalarida samarasiz yakunlandi.

Shuningdek, AQSh prezidenti 300 milliard dollarga baholanuvchi Xitoyning qolgan barcha mahsulotlariga boj to‘lovini oshirish jarayonini boshlashni topshirdi. Bunga javoban esa Xitoy moliya vazirligi Pekin1 iyundan boshlab 60 milliard dollarlik AQSh mollariga oshirilgan boj to‘lovini joriy qilganini ma’lum qildi.