Professional futbol ligasi bosh direktori iste’foga chiqdi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov iste’foga chiqdi.  
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi, deb xabar qilmoqda PFL matbuot xizmati.

Omon G‘afurov O‘zbekiston Prfessional futbol ligasini 2017-yilning 10-oktabridan buyon egallab kelayotgan edi. xayrlashuv nutqida u o‘z jamoasiga minnatdorlik bildirib yangi rahbariyatga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston PFL Sport bo‘limi xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi

“O‘tgan davr mobaynida biz futbolni rivojlantirish uchun ko‘p ishladik. Men yelkama-yelka bo‘lib ishlagan bizning jamoamizga minnatdorlik bildirmoqchiman. O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va g‘alabalar tilab qolaman. Ishda ma’lum xatoliklar bo‘ladi. Men buning uchun futbol hamjamiyati va  futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. O‘zbek futboli va uning muxlislari katta g‘alabalarga munosib. Men hammaga minnatdorlik bildiraman”, - dedi Omon G‘afurov.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi ham Omon Fayzullayevich G‘afurovning keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi, - deyilgan xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil mavsum boshida PFL faoliyatiga doir bir necha masalalar jamoatchilik tanqidi va muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. Ular orasida jamoalar uchun badal to‘lovlari miqdori oshirilgani va ligaga a’zo bo‘lish reglamentining keskinlashgani ham bor. Ayrim mutaxasislar fikriga ko‘ra ushbu sabablar tufayli O‘zbekiston PFLda jamoalar soni kamaygan bo‘lishi mumkin.